«Oila va kitob, farzand tarbiyasidagi ahamiyati»

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitobxon va ma’naviyatli ayollarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan “Kitobxon ona” loyihasi doirasida navbatdagi tashrif tashkil etildi. Xususan, markaz mutaxassislari Urganch tumanining “Yuqori do‘rman” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Botirovalar xonadonida bo‘lib, oila a’zolarining kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishi bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida markaz mutaxassisi M. Eshamatova xonadon egalariga, ayniqsa farzandlar uchun mo‘ljallangan yangi adabiyotlar, ularning mazmuni va foydasi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek bolalarda kitobga mehr uyg‘otish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda kitobning o‘rni haqida tavsiyalar berildi. Mazkur tashrif orqali oilada kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirish yosh avlodni ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiluvchi muhim qadamlar qo‘yildi.

Bunday ezgu tashabbuslar kelgusida ham davom ettiriladi.