Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish maqsadida yangi adabiyotlar targ‘iboti va taqdimotlari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida tashkil etildi. Markaz mutaxassisi Ch. Ahmedova tomonidan tuman 38-sonli maktabining 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida sevimli yozuvchimiz Xudoyberdi To‘xtaboyevning
«Besh bolali yigitcha» nomli asari taqdimoti o‘tkazildi. Unda, asarning mazmuni, undagi qahramonlar hayoti, ularning orzu-intilishlari va murakkab hayotiy sinovlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, asarda ilgari surilgan insoniylik, mehnatsevarlik, sabr-toqat kabi muhim fazilatlar o‘quvchilar bilan muhokama qilindi.
Taqdimot jarayonida o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etib, asarga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Bunday tadbirlar yoshlarning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, ularni ma’naviy barkamol insonlar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

