“Burch, jasorat, matonat!”

Xotira – o‘tganlarni yodga olish, ajdodlarimizning jasorati va fidoyiligini eslashdir. Qadr esa insonni ulug‘lash, uning hayoti va xizmatlarini e’zozlashdir. Shu bois, bu ibora xalqimizning chuqur ma’naviy qadriyatlarini ifodalaydi — o‘tganlarni unutmaslik va bugunning qadriga yetishdir.

Shu sana munosabati bilan Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi jamoasi hamda Urganch davlat pedagogika instituti «Filologiya va san’at» fakulteti, filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi talabalari ishtirokida Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida fidokorona mehnat qilganlar, yurtimiz tinchligi yo‘lida jon fido etgan ajdodlar xotirasini yod etish maqsadida Urganch shahridagi Xotira maydoniga sayohat uyushtirildi. Unda xodimlari tomonidan urush qatnashchilari, ularning jasorati, mashaqqatli hayot yo‘li haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalar ajdodlarimizning matonati va sabr-toqatiga yana bir bor guvoh bo‘lishdi.