«Yo‘l-yo‘lakay o’qiymiz»

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi jamoasi tomonidan “Yo‘l-yo‘lakay o’qiymiz” loyihasi doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir Urganch shahrining markaziy ko‘chalari va xiyobonlarida o‘tkazilib, unda keng jamoatchilik vakillari hamda yo‘lovchilar qamrab olindi. Unda, fuqarolarga yurtimiz tinchligi va mustaqilligini ifoda etuvchi ramziy sharaf lentalari taqildi. Bu orqali aholida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmatni oshirish maqsad qilindi.

Shuningdek, targ‘ibotchilar tomonidan ishtirokchilarga Axborot-kutubxona markazi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida kutubxona xizmatlari aks ettirilgan tarqatma materiallar tarqatildi.
Jarayonda yangi kelgan adabiyotlar bilan tanishtirilib, turli yosh toifasidagi kitobxonlar uchun qiziqarli va dolzarb kitoblar tavsiya etildi.