«Jadidlar merosi — yoshlar uchun ibrat maktabi»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi «Kitobxonlar klubi» a’zolari va xodimlar ishtirokida «Jadidlar merosi — yoshlar uchun ibrat maktabi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuvning asosiy maqsadi jadidchilik harakatining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini yoritish, jadidlar qoldirgan boy ilmiy meros orqali yoshlarni vatanparvarlik, tafakkur kengligi va zamonaviy fikrlash ruhida tarbiyalashdan iborat bo’ldi.
Ushbu davra suhbatiga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo’limi rahbari G.Jabborova mehmon sifatida taklif etildi. U o‘z ma’ruzasida jadidlar faoliyatining tarixiy sharoitlari, ularning ma’rifatparvarlik g‘oyalari va bugungi kun yoshlar tarbiyasidagi o’rni haqida batafsil to’xtalib o’tdi. Suhbat davomida xodimlar tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar, fikr almashinuvi va jadid allomalarning hayoti faoliyatiga oid kitoblar ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.