Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida o‘tkazilayotgan «Kitobsevar millat» shiori ostidagi VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi doirasida o‘ziga xos va e’tiborga molik kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu ko‘rgazmada mazmuni, dizayni va shakli jihatidan bir-biridan qiziqarli hamda noodatiy bo‘lgan kitoblar jamlanib, tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
📚Ko‘rgazmada noyob nashrlar, rang-barang bezatilgan bolalar adabiyotlari, turli janrlarga oid asarlar hamda kitobxonlar uchun kam uchraydigan namunalar o‘rin oldi. Ayniqsa, kitoblarning tashqi ko‘rinishi, bezaklari va mazmun-mohiyati mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
✨Mazkur haftalik doirasida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, kitob taqdimotlari, tanlov va viktorinalar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu esa kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarni bilim olishga undash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.

