Kitobxon yoshlar – intellektual jamiyat asosi

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida «Kitobsevar millat» shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida yoshlar o‘rtasida “Zakovot” intellektual o‘yinlari tashkil etildi. Mazkur tadbir “Kitobxon yoshlar – intellektual jamiyat asosi” mavzusida o‘tkazilib, unda markaz «Kitobxonlar klubi» a’zolari ishtirok etdilar.

Ishtirokchilar
🥇»Ilm sohiblari»,
🥈»Zukko avlod»
🥉»Ziyo nur»
nomli uchta jamoaga bo‘lingan holda o‘zaro bellashdilar.

Bellashuv davomida jamoalar badiiy adabiyot, tarix, mantiqiy savollar va umumiy bilimga oid qiziqarli savollarga tezkor va aniq javob berib, o‘z bilim va tafakkurlarini namoyon etdilar. Har bir bosqich murosasiz va qiziqarli ruhda o‘tdi. Bellashuvda faolligi va zukkoligi bilan «Zukko avlod» jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. Bellashuv so‘nggida barcha ishtirokchilar Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar bilan taqdirlandilar.