Payshanba kuni «Yoshlar kuni»

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizdagi barcha vazirlik, idora va hokimliklarda har haftaning payshanba kuni «Yoshlar kuni» sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Mazkur tashabbus doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo‘linmasi rahbari G.Jabbarova hamda Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Z.Saidova tomonidan Urganch davlat universitetining «Kimyo texnologiyalari» fakulteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlarga zamonaviy bilim olish hayotida faol ishtirok etish zarurligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Bundan tashqari Amir Temur oyligi doirasida talabalar bilan mazmunli suhbat o‘tkazilib buyuk sarkardaning hayoti, davlat boshqaruvidagi dono siyosati hamda boy ma’naviy merosi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.