Oila — qadriyatlar beshigi, an’analar davomiyligi, eng samimiy tuyg‘ular maskani. Shu bois mamlakatimizda oilaga alohida e’tibor qaratilib, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy va iqtisodiy asoslarini mustahkamlashga katta ahamiyat berilmoqda.
Ushbu sana munosabati bilan Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan oilaviy qadriyatlarni targ‘ib etishga qaratilgan qator tashabbuslar va chellenjlar tashkil etildi.
Zero, ish bilan bir qatorda oilaga ham vaqt ajratish, farzandlar bilan birga kitob mutolaa qilish, ota-onalar bilan samimiy suhbat qurish har birimizning muhim vazifamizdir. Keling, ana shunday ezgu odatlarni oilaviy qadriyatga aylantiraylik.

