“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari, “Kitobxonlar klubi” a’zolari hamda talaba-yoshlar ishtirokida muhim tarixiy maskanlardan biri — “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida muzey direktori Yashin Karimov yoshlarni muzey faoliyati, uning tarixiy ahamiyati va qimmatli eksponatlari bilan yaqindan tanishtirib, mazmunli ma’ruza o‘tkazdi. Ma’ruzada xalqimizning o‘tmishda boshidan kechirgan og‘ir va murakkab sinovlari, sovet totalitar tuzumining zulmi, qatag‘on yillarida yuz bergan fojealar hamda ana shunday og‘ir davrlarda xalqimiz namoyon etgan matonat va jasorat haqida so‘z yuritildi. Muzey eksponatlari orqali talaba-yoshlar qatag‘on yillarida nohaq va begunoh mahkum etilgan minglab ziyolilar, adiblar, olimlar va millat fidoyilarining hayoti hamda faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. “Tarixga sayohat” kabi ma’rifiy tashabbuslar yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlaydi.