Bika Nazar opa va Qutimova Zulxumor opaga kitobxonlarimiz uchun qilgan qimmatli tuhfalari, e’tiborlari va ezgu tashabbuslari uchun jamoamiz nomidan samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli ijodkor shoiramiz Bika Nazar opa o‘zlarining ijod namunalari va she’riy to‘plamlarini kitobxonlarimiz mutolaasi uchun Urganch tumani Axborot-kutubxona markaziga sovg‘a qildilar. Shuningdek, faol kitobxonlarimizdan Urganch tumani 1-sonli maktabi maktab maslahatchisi Qutimova Zulxumor opa ham o‘zlari mutolaa qilgan kitoblarini markazimiz fondiga sovg‘a qildilar.
Bunday ezgu tashabbuslar kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitobga mehr va mutolaaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bika Nazar opa va Qutimova Zulxumor opaga kitobxonlarimiz uchun qilgan qimmatli tuhfalari, e’tiborlari va ezgu tashabbuslari uchun jamoamiz nomidan samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz!