“Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida mazmunli ma’ruza tashkil etildi.

BIR ASAR TARIXI — “ULUG‘IMSAN, VATANIM”

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo‘linmasi hamda Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan Urganch tumani 1-sonli maktabiga tashrif buyurildi.Tashrif davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo‘linmasi rahbari G.Jabborova tomonidan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida mazmunli ma’ruza tashkil etildi. Unda Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, milliy qadriyatlar va yosh avlod tarbiyasida kitobning o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning asarlari taqdimoti o‘tkazilib, ularning mazmun-mohiyati va yoshlar uchun ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo tavalludining 105 yilligi munosabati bilan shoirning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi hamda kitoblar taqdimoti tashkil etildi.Tadbirda Vatanga sadoqat mavzularida qiziqarli suhbatlar olib borildi.