Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi hamda Urganch tumani 15-sonli maktabi maktab maslahatchisi hamkorligida kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan “Sevimli yozuvchim bilan uchrashuv” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda tuman maktab maslahatchilari ishtirok etib, kitobxonlikning inson ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi o‘rni haqida fikr almashdilar. Ishtirokchilar o‘rtasida qiziqarli viktorinalar, savol-javoblar va interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etilib, tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Tadbirning eng esda qolarli lahzalaridan biri — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli ijodkor shoira Bika Nazar bilan ijodiy uchrashuv bo‘ldi. Shoira o‘zining hayot va ijod yo‘li haqida so‘zlab, ijod namunalaridan o‘qib eshittirdi. Uning samimiy suhbatlari va she’rlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Uchrashuv yoshlarni adabiyotga mehr ruhida tarbiyalash hamda ijodkorlar bilan bevosita muloqot qilish imkonini beradi.
