“OCHIQ ESHIKLAR” HAFTALIGI

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Ochiq eshiklar” haftaligi doirasida tantanali tadbir tashkil etildi.Tadbirda tumandagi mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda kitobsevarlar mehmon sifatida ishtirok etdilar.Tadbir davomida kitobxonlar tomonidan tayyorlangan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar namoyish etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, mehmonlarga Axborot-kutubxona markazining faoliyati, kitob fondi, xizmat turlari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.Tadbir so‘nggida barcha ishtirokchilarga targ‘ibot tarqatmalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.Kitob bilan boshlangan yangi o‘quv yili yangi bilimlar, yangi maqsadlar va yangi zafarlar sari yo‘ldir.