«Ulug‘imsan, Vatanim!»

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Urganch tumanida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari izchil davom etmoqda. Shu munosabat bilan Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tumani bo‘linmasi hamkorligida Urganch tumani 2-sonli maktabi o’quvchilari ishtirokida “Ulug‘imsan, Vatanim!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

📚Tadbir davomida o‘quvchilarga Vatanimizning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, tinchlik va osoyishtalikning qadri haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir so‘ngida o‘quvchilarga markaz faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan zamonaviy va qulay sharoitlar, kutubxona xizmatlaridan foydalanish haqida ma’lumot berildi.