«Muqova ortidagi sir»

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi jamoasi tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda mutolaa targ‘ibotini yanada kengaytirish maqsadida turli interaktiv tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, Urganch tumani 1-sonli maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Muqova ortidagi sir” nomli qiziqarli kitobxonlik viktorinasi o‘tkazildi.

Unda markaz xodimi Z.Matkarimova o‘quvchilarga kitobxonlikning ahamiyati badiiy adabiyotlarning inson ma’naviy olamini boyitishi va markaz fondiga kelib tushgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirib kitobxonlarga kitob tanlash va mutolaa qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Viktorina jarayonida o‘quvchilar muqova ortiga yashirilgan kitoblarni topish asarlar mazmuni va qahramonlari haqidagi savollarga javob berish orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.