O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 37 yilto’ldi.
Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi, tuman 38-sonli maktabi bilan hamkorlikda 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan «Ona tilimiz — millatimiz faxri!» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbir davomida ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni saqlashdagi beqiyos o‘rni, uning boyligi va jozibasini asrab-avaylash, yosh avlod qalbida ona tiliga hurmat va muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish haqida so‘z yuritildi.Tadbirning badiiy qismida o‘quvchilar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, kuy-qo‘shiqlar va jozibali raqslar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.Ona tilimizga bo‘lgan mehr va ehtiromni yanada oshirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
