Aholiga kutubxona xizmatlarini yanada yaqinlashtirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish hamda kitobsevarlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan aholi gavjum hududlarda ko‘chma kutubxonalar tashkil etish ishlari izchil davom ettirilmoqda
Xususan Urganch tumani »Yuqoriovul» qishlog‘ida navbatdagi ko‘chma kutubxona tashkil etildi. Markaz xodimlari tomonidan kutubxona faoliyati bilan tanishish kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish tartib-qoidalarini tushuntirish hamda kutubxona ishini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi. Mazkur ko‘chma kutubxona fondi kitobxonlarning turli qiziqishlarini inobatga olgan holda 700 dona turli janrdagi badiiy adabiyotlar bilan boyitildi. Endilikda mahalla aholisi o‘quvchi-yoshlar, kitobsevarlar o‘zlari sevgan asarlarni mutolaa qilish, yangi kitoblar bilan tanishish bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
