«Bir adib haqida suhbat»

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘linmasi rahbari, shoira Gavhar Ibadullayeva ijodiga nazar.

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘linmasi rahbari, taniqli shoira Gavhar Ibadullayevaning tavallud topganiga 65 yil to‘lishi munosabati bilan xodimlar hamda shoiraning shogirdlari ishtirokida samimiy davra suhbati tashkil etildi. Unda, shoira Gavhar Ibadullayevaning hayoti, ijodiy faoliyati va o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shoiraning sermazmun ijodi, she’riyatga bo‘lgan sadoqati va yosh ijodkorlarga ko‘rsatayotgan e’tibori alohida ta’kidlandi. Davra suhbatida markaz rahbari M.Yusupova shoira Gavhar Ibadullayevaning ijodiy faoliyati haqida iliq fikrlar bildirdi hamda uning adabiyotimiz rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasini e’tirof etdi. Shuningdek, shoiraning shogirdlari ustozlari haqidagi samimiy xotiralari, ijodiy saboqlari va hayot yo‘llari haqida so‘zlab o’tildi.