«Mutolaa olamidagi kitobxon millat»

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo‘linmasi, «Adolat» partiyasi vakillari hamda Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tashriflari davom etmoqda. Bugungi manzil Urganch tumanidagi 44-sonli maktabiga tashrif buyurildi.Tashrif davomida maktabning «Jasorat» guruhi o‘quvchilari bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlari bilan yaqindan tanishildi. Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari G.Botirova tomonidan markaz faoliyati, mavjud adabiyotlar hamda kutubxonaga a’zo bo‘lish va kitob olish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning bilim va salohiyatini rivojlantirish uchun mavjud shart-sharoitlar haqida fikrlar bildirildi.