Yangi ko‘chma kutubxona tashkil etildi.

Aholiga kutubxona xizmatlarini yanada yaqinlashtirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda kitobsevarlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan aholi gavjum hududlarda ko‘chma kutubxonalar tashkil etish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Xususan, Urganch tumani “Yuqoriovul” qishlog‘ida navbatdagi ko‘chma kutubxona tashkil etildi. Mazkur ko‘chma kutubxona fondi kitobxonlarning turli qiziqishlarini inobatga olgan holda 700 dona turli janrdagi badiiy adabiyotlar bilan boyitildi. Endilikda qishloq aholisi ushbu kutubxonadan foydalanib, o‘zlari sevgan asarlarni mutolaa qilish, yangi kitoblar bilan tanishish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ko‘chma kutubxonalar — kitobni kitobxonga, ziyo va ma’rifatni esa har bir xonadonga yanada yaqinlashtiruvchi muhim tashabbusdir.