Urganç tumani Axborot-kutubxona markazida barça xodimlar iştirokida Urganç tumani Köp tarmoqli markaziy poliklinikasi vraçi, valeolog Sadulla Madrahimov bilan «Yoşlar giyohvandlikka qarşi» mavzusida davra suhbati taşkil etildi. Unda şifokor giyohvandlikni oldini oliş çoralari, yuqiş yöllari va salbiy oqibatlari, şuningdek, giyohvandlikning inson salomatligiga yetkazadigan zararlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Şu bilan birga, töğri ovqatlaniş, inson organizmi uchun foydali mahsulotlar va soğlom turmuş tarziga rioya qiliş va zararli odatlardan yiroq bo‘liş böyicha tavsiyalar berdi. Şuningdek, giyohvandlikning oldini olişga qaratilgan profilaktik çora-tadbirlar haqida tuşunçalar berildi.
Mazkur uçraşuv xodimlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, salomatlikka mas’uliyat bilan yondaşiş va turli kasalliklarning oldini oliş borasida bilimlarni oşirişga xizmat qildi.
