Urganç tumani hokimligi, tuman Oila va xotin-qizlar bölimi va Axborot-kutubxona markazi hamkorligida
“Rahbar va yoşlar uçraşuvi” loyihasi doirasida tadbirkor yoşlar, mahalla tadbirkor ayollari va hunarmand yoşlar iştirokida uçraşuv taşkil etildi. Uçraşuvda mas’ul taşkilotlar vakillari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar hamda özining ijodiy işlari va qöl mehnati mahsulotlari bilan tanilgan hunarmand yoşlar iştirok etdilar.Tadbir davomida iştirokçilarning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş, yangi ğoyalarni amalga oşiriş va öz bilim, könikmalarini yanada oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, markaz xodimlari tomonidan tadbirkorlarga öz faoliyatlarida foydalanişlari mumkin bölgan sohaga oid kitoblar amaliy qöllanmalar tavsiya etilib, foydali maslahatlar berildi. Uçraşuv yakunida tuman hokimligi tomonidan tadbirkor ayollarga öz faoliyatlarini yanada rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş maqsadida tikuv maşinalari topşirildi.
