Urganch tuman Axborot-kutubxona markazi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi 4354-sonli qaroriga asosan 1-noyabrdan o’z ish faoliyatini boshlagan.
Markazda 4 ta bo’lim kitobxonlarga xizmat ko’rsatib kelmoqda.
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Raqamlashtirish xizmati
- Obonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati
- Axborot-bibliografiya xizmati
- Fondni to’ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati
Axborot-kutubxona markazning jami kitob fondi: 117 000 ta
Darslik va Uslubiy qo’llanmalar: 6000 ta
Elektron kitoblar: 15 051 ta
va boshqa turli xil axborotlar.
Markaz aholi zich joylashgan chekka hududlarda o’z ko’chma kutubxonalarini tashkil etgan.