Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

YANGILIKLAR

«Xorazm allomalar o’lkasi»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi «Kitobxonlar klubi» a’zolari ishtirokida «Xorazm allomalar o’lkasi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Suhbat davomida markaz Bibliografiya xizmati bibliografi G.Xaitboyeva tomonidan xorazm o’lkasini barpo bo’lishi, jadidchilik harakati, uning maqsadlari, tarixiy ahamiyati va allomalarni milliy uyg’onish yo’lidagi xizmatlari haqida, o’zbek xalqining milliy ongini uyg’otgan jadidchilik harakati, uning vakillari va ularning istiqlol yo’lidagi fidokorona kurashlari haqida so’z bordi.Unda, kitobxonlar tomonidan jadid adabiyoti vakillarining asarlaridan parchalar o’qildi, ular ijodining asosiy g’oyalari – Vatan taraqqiyoti, ilm-ma’rifat, istiqlol va milliy g’urur qadrlari yoritildi. Bunday uchrashuvlar, milliy o’zlikni anglash, tarixiy xotirani asrash va yoshlar ongida istiqlol g’oyalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

“Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!”

Yurt_taraqqiyotiga_mening_hissam «6-11 oktabr – Xalqaro qizlar kuni» munosabati bilan “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostida Urganch tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan, har sohada o’z ish faoliyatini olib borayotgan ayol qizlar ishtirokida #Yurt taraqqiyotiga mening hissam nomli chellenji tashkil etildi.

«Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz»

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2011 yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan 11-oktabr «Xalqaro qizlar kuni» deb e’lon qilingan. Ushbu sana munosabati bilan Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Urganch tumani «Arboblar» mahallasi Oila va xotin-qizlar bo’limi faoli G.Dushamova bilan hamkorlikda «Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz» shiori ostida tadbiri bo’lib o’tdi.Tadbirda Urganch tumani hokimi o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i S.Xudayberganova, «Oqila ayollar» faollari, 38-sonli maktab o’qituvchi va o’quvchi qizlari ishtirok etishdi.Tadbir davomida o’quvchi yoshlar tomonidan turli she’rlar, kuy-qo’shiqlar va raqslar namoyish etildi. Bundan tashqari tadbir mehmonlari tomonidan o’quvchi yoshlarga maslahatlar berildi. Ma’lumot uchun: 🇺🇿 Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan joriy yilning 6-11 oktabr kunlari «Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haftaligini o’tkazish rejalashtirilgan.

«Mehr kutubxonasi»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida «Mehr kutubxonasi» loyihasi doirasida imkoniyati cheklangan «Arboblar», «Yoshlik» MFY da istiqomad qiluvchi onaxonlarga kutubxona xizmati ko’rsatilib, o’qish uchun yangi adabiyotlar yetkazib berildi.

E'lonlar

2025 - yil

Hurmatli kitobxonlar !

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi 1-sentabrdan boshlab  har shanba kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha kitobxonlik xizmatini ko’rsatishini ma’lum qiladi.

Barcha kitobxonlarni kutib qolamiz !

1-mart O‘zbekiston xalq shoiri, Mehnat qahramoni, tarjimon Zulfiya (Zulfiya Isroilova, 1915–1996) tavalludining 110 yilligi.

18 aprel Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni.

30-may O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir (Tursunov Mirtemir, 1910–1978) tavalludining 115 yilligi.

10-iyun O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Said Ahmad (Xusanxo‘jayev Saidahmad, 1920–2007) tavalludining 105 yilligi.

30-iyun Tarixchi va sharqshunos olim, bibliograf, kitobshunos Yevgeniy Karlovich Betger tavallud topgan kun (1887–1956).

15-oktabr O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalar yozuvchisi, Hakim Nazir (Nazarov Hakim Nazirovich, 1915–2008) tavalludining 110 yilligi.

12-dekabr O‘zbek shoiri Hamid Olimjon tavalludining (1909-1944) 116 yilligi

1
Bizning kitobxonlar soni

FOYDALI SAYTLAR

O'ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI
RESPUBLIKA BOLALAR KUTUBXONASI
XORAZM VILOYATI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI
ZIYONET. TA'LIM PORTALI

BIZNING MANZIL

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba kuni                     10:00 — 17:00

Yakshanba kuni               | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Urganch tuman

Qorovul qishlog’i Ibn Sino 2

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 501 72 29

E-MAIL:

urganchakm@gmail.com

urganchakm@mail.ru

urganchakm@umail.uz

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi

BIZNI KUZATIB BORING !
URGANCH TUMAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI