
«Qiz bola-mehrning, nafosatning va sadoqatning ramzi»
Tarbiya uydan boshlanadi, oilada ota-ona kitobga mehr qo’ygan bo’lsa bunday oilada farzand ham kitobga oshno bo’ladi, o’zida barkamol shaxs hislatlarini namoyon qilishga harakat qiladigan farzand bo’lib voyaga yetadi.Shu munosabat bilan Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hamda tuman «Arboblar» MFYsi Oila va xotin-qizlar faolI G.Dushamova va «Qqila ayollar» faoli A.Matsapayeva ishtirokida «Kitobxon ona» loyihasi doirasida «Qiz bola-mehrning, nafosatning va sadoqatning ramzi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida xodimlar tomonidan kutubxona haqida ma’lumotlar berildi va oqila ayollar bilan maroqli suhbat qurildi.Bunday tadbirlarni o’tkazishdan asosiy maqsadimiz, yoshlarning kitobga bo’lgan mehrini yanada oshirish, qizlarimizni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularni ma’naviy savodxonligini yanada oshirish, kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida o’tkaziladi.


