
«Mening mahallam — mening faxrim»
Yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli o’tkazishga qaratilgan «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida «Mening mahallam-mening faxrim» shiori ostida Urganch tumani Bobodehqon mahallasi 16-son umumiy o’rta ta’lim maktabida madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo’lib o’tdi. Tadbir Urganch tumani hokimligi va milliy madaniy markaz vakillari, san’at ustalari ijrosidagi kuy-qo’shiqlar bilan davom etdi. Tadbirda Urganch tumani axborot-kutubxona markazi kitob ko’rgazmalari, xalq hunarmandchiligi buyumlari, milliy qadriyatlar nomayishlari, rassomchilik san’ati, milliy sport o’yinlari tadbir qatnashchilariga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir yakunida ko’plab yutuqlarga erishgan yoshlar va tadbirni tashkillashtirishda yaqindan yordamlari uchun hamkor tashkilotlar Urganch tumani hokimligi tomonidan taqdirlandi.