Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma'naviyatga erishib bo'lmaydi. Kitob o'qimagan odamning ham, millatning ham kelajaki yo'q. SH.Mirziyoyev

YANGILIKLAR

«Jadidlar jasorati — millatimiz faxri»

🪐Urganch tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari «Qatag’on qurbonlari» oyligi doirasida tuman Mudofaa chaqiruv bo’limi yoshlari bilan, muhim tarixiy manzillardan biri «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyiga sayohat qilishdi. Sayohat davomida muzey direktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent Y.Rahmonova muzeyda joylashtirilgan tarixiy yodgorliklar haqida ma’lumotlar berib, o’tmishda xalqimiz boshidan kechirgan og’ir sinovlar, sovet totalitar tuzumining zulmi va bu yillar davomida xalqimiz ko’rsatgan matonat haqida so’z yuritildi. Ayniqsa, muzeyda yaratilgan yangi innovatsion texnologiyalar barchada katta qiziqish uyg’otdi. Shuningdek, muzey direktori Y.Rahmonova yoshlar mutolaasi uchun o’z qalamiga mansub kitoblar jamlanmasini kutubxona fondiga sovg’a qildi. Bu kabi tarixiy maskanlarga sayohatlar albatta, yoshlarimizni vatanparvar, ongli va tarixiy haqiqatlarga befarq bo’lmagan avlod sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.

#Metodik_yordam

Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot – kutubxona markazi ilmiy metodika xizmati, bosh mutaxassislari Urganch tumani axborot-kutubxona markazi faoliyatini o’rganish va metodik yordam ko’rsatish maqsadida tashrif buyurdi. Unda markazning kutubxonachilik faoliyatini bir xilda olib borish va kutubxona fondini to’g’ri yuritish bo’yicha ma’lumotlar berildi. Markaz ish jarayoni bilan tanishib, xato va kamchiliklar o’rganilib, kuzatilgan kamchiliklar bo’yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, Bibliografiya xizmati tomonidan tuzilgan metodik qo’llanmalar yuzasidan taqdimotlar ko’rib chiqildi. Tayyorlangan qo’llanmalardagi xato va kamchiliklar tushuntirilib, mavzu bo’yicha bilimlar mustahkamlandi.

«O’z huquqlaringizni bilasizmi»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan, «O’z huquqlaringizni bilasizmi» mavzusida xodimlar o’rtasida suhbat o’tkazish, qisqacha ma’laumotlarga ega bo’lishlari uchun «Agro banki» ga tashrif buyurildi. Tashrif davomida tashkilot xodimlarga O’zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi va Istemolchi huquqlari to’g’risidagi kitoblardan tavsiyalar berildi. Shuningdek tumandagi tashkilot xodimlariga muddatli topshirilgan kitoblarni qaytarib olinib, yangidan adabiyotlarni taqdim etildi. Uchrashuvda mamlakatimizda inson huquqlarini kafolatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilik tizimidagi so’nggi o’zgarishlar, «Inson huquqlari» deklaratsiyasi mazmun-mohiyati haqida xodimlarga ma’lumotlar berildi.

«Mening mahallam — mening faxrim»

Yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli o’tkazishga qaratilgan «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida «Mening mahallam-mening faxrim» shiori ostida Urganch tumani Bobodehqon mahallasi 16-son umumiy o’rta ta’lim maktabida madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo’lib o’tdi. Tadbir Urganch tumani hokimligi va milliy madaniy markaz vakillari, san’at ustalari ijrosidagi kuy-qo’shiqlar bilan davom etdi. Tadbirda Urganch tumani axborot-kutubxona markazi kitob ko’rgazmalari, xalq hunarmandchiligi buyumlari, milliy qadriyatlar nomayishlari, rassomchilik san’ati, milliy sport o’yinlari tadbir qatnashchilariga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir yakunida ko’plab yutuqlarga erishgan yoshlar va tadbirni tashkillashtirishda yaqindan yordamlari uchun hamkor tashkilotlar Urganch tumani hokimligi tomonidan taqdirlandi.

E'lonlar

2025 - yil

Hurmatli kitobxonlar !

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi 1-sentabrdan boshlab  har shanba kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha kitobxonlik xizmatini ko’rsatishini ma’lum qiladi.

Barcha kitobxonlarni kutib qolamiz !

1-mart O‘zbekiston xalq shoiri, Mehnat qahramoni, tarjimon Zulfiya (Zulfiya Isroilova, 1915–1996) tavalludining 110 yilligi.

18 aprel Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash kuni.

30-may O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir (Tursunov Mirtemir, 1910–1978) tavalludining 115 yilligi.

10-iyun O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Said Ahmad (Xusanxo‘jayev Saidahmad, 1920–2007) tavalludining 105 yilligi.

30-iyun Tarixchi va sharqshunos olim, bibliograf, kitobshunos Yevgeniy Karlovich Betger tavallud topgan kun (1887–1956).

15-oktabr O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalar yozuvchisi, Hakim Nazir (Nazarov Hakim Nazirovich, 1915–2008) tavalludining 110 yilligi.

12-dekabr O‘zbek shoiri Hamid Olimjon tavalludining (1909-1944) 116 yilligi

1
Bizning kitobxonlar soni

FOYDALI SAYTLAR

O'ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI
RESPUBLIKA BOLALAR KUTUBXONASI
XORAZM VILOYATI AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI
ZIYONET. TA'LIM PORTALI

BIZNING MANZIL

ISH VAQTI:

Dushanba — Jumagacha | 9:00 — 18:00

Shanba kuni                     10:00 — 17:00

Yakshanba kuni               | Dam olish kuni

MANZIL: 

Xorazm viloyati Urganch tuman

Qorovul qishlog’i Ibn Sino 2

BIZ BILAN BOG’LANISH:

TELEFON:

+998 (99) 501 72 29

E-MAIL:

urganchakm@gmail.com

urganchakm@mail.ru

urganchakm@umail.uz

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi

BIZNI KUZATIB BORING !
URGANCH TUMAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI