«Muzeylar — tarix ko‘zgusi»

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan yurtimiz tarixining og‘ir va sinovli davrlarini yoritib beruvchi muhim maskanlardan biri — Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Muzey direktori Y. Rahmonova tashrif buyuruvchilarni muzey faoliyati va undagi eksponatlar bilan yaqindan tanishtirib, mazmunli ma’ruza qildi. Ma’ruzada xalqimiz boshidan kechirgan qatag‘on yillari, sovet totalitar tuzumining ayovsiz zulmi hamda ana shu og‘ir sinovlarga qaramay xalqimizning matonati va iroda kuchi haqida batafsil so‘z yuritildi. Muzeydagi eksponatlar orqali ishtirokchilar qatag‘on davrida begunoh jazolangan minglab ziyolilar, adiblar, olimlar va millat fidoyilarining hayoti hamda faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, Vatan ravnaqi va xalq erki yo‘lida kurashgan ajdodlarimizning jasorati yoshlarda chuqur taassurot qoldirdi. Shuningdek, markaz rahbari M. Yusupova tomonidan urush yillari, xalqimizning front ortidagi fidokorona mehnati, tinchlikning bebaho ne’mat ekani haqida ham atroflicha ma’lumot berildi. Tinchlik va osoyishtalikni asrash, ajdodlar xotirasini e’zozlash har bir insonning muqaddas burchi ekani alohida ta’kidlandi. Bugungi tashriflar barchada katta tassurrotlarga boy bo’ldi.