«Burch, jasorat, matonat!»

9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan
«Burch, jasorat, matonat!» — xotira va qadriyatlarni ulug‘lovchi ma’naviy tadbir tashkil etildi.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida adabiy-ma’rifiy kecha tashkil etildi. Tadbirda mehmon sifatida Urganch tumani hokimi maslahatchisi Sh.Ramanova, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Urganch tumani boʻlinmasi rahbari G.Jabbarova, Urganch tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Z.Saidovalar ishtirok etdilar. Unda, talaba-yoshlarga tarixiy xotira, milliy qadriyatlar va tinch hayotning bebaho ne’mat ekani haqida mazmunli fikrlar bildirildi. Unda, ajdodlarimizning jasorati va fidoyiligi, ularning bugungi tinch va farovon hayotimiz yo‘lidagi xizmatlari e’tirof etildi. Kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida kutubxona xizmatlari aks ettirilgan tarqatma materiallar tarqatildi.