Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo‘linmasi, Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi hamda “Adolat” partiyasi xodimlari hamkorligida Urganch tumanidagi 2-sonli maktabgatashrif buyurildi. Tashrif davomida 10–11-sinf o‘quvchilari ishtirokida «Buyuklar haqida 100 ta dalil» kitobining taqdimoti tashkil etildi.Taqdimot jarayonida G.Jabborova bugungi kunda butun dunyoda yurtimiz allomalari va mutafakkirlarining bebaho ilmiy-ma’naviy merosiga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotgani, xalqimiz azaldan jahon sivilizatsiyasi va madaniyati taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotganini ta’kidladi. Shuningdek, buyuk alloma va mutafakkirlarimizning erishgan yutuqlari haqida so‘z yuritishda, eng avvalo, ularning hayoti va tarixiga nazar tashlash muhimligi qayd etildi. Tadbir yakunida xodimlar tomonidan mazkur asar yuzasidan fikr,taassurotlar bildirilib, undagi qimmatli ma’lumotlar bilan o‘quvchilar o‘rtasida o‘rtoqlashdilar.
