»Bayroğimiz — faxrimiz»

18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan Urganç tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobxonlar klubi” a’zolari iştirokida “Bayroğimiz — faxrimiz” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.

Tadbir davomida markaz mutaxassisi tomonidan Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğining yaratiliş tarixi, undagi ranglar va ramzlarning mazmun-mohiyati, har bir rangning öziga xos ma’nosi haqida batafsil ma’lumot berildi. Şuningdek, Davlat bayroğimiz xalqimizning milliy ğururi, mustaqilligimiz, tinçligimiz va ozodligimiz timsoli ekanligi alohida ta’kidlanib, badiiy çiqişlar barobarida davom etdi. Tadbir söngida barça kitobxonlar va yurtdoşlarimiz yaqinlaşib kelayotgan qutluğ sana bilan samimiy muborakbod etildi.

🇺🇿 Bayroğimiz doimo baland, yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo bölsin!